Franklin Templeton'ning maxsus investitsiya boshqaruvchisi Templeton Global Investments O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Investitsiyalarni boshqarish shartnomasi (IMA) imzolanganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamgʻarmasi (“UzNIF”) 2024-yil 27-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq tashkil etilgan. UzNIF davlat egalik qiladigan eng muhim kompaniyalarning 25% dan 40% gacha strategik ulushiga egalik qiladi. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston aholisi uchun uzoq muddatli barqaror iqtisodiy oʻsish va rivojlanishni taʼminlashdan iborat.
Qiymati
Tashkil etilgan yili
Portfel kompaniyalari soni
UzNIF va Franklin Templeton
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Investitsiyalarni boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganidan so‘ng,Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise Limited Liability Company UzNIFning ishonchli vakili va boshqaruvchisi etib tayinlandi. Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise Limited Liability Company investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislari Franklin Templeton kompaniyasining yetakchi mutaxassis investitsiya menejeri Templeton Global Investments (“TGI”) tarkibiga kiradi.
TGI global va rivojlanayotgan bozorlarda kashshof bo‘lib, moliya bozorlarida o‘nlab yillik tajribaga ega. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikFranklin Templeton'ning mamlakat davlat korxonalarining samaradorligi, rentabelligi va global jozibadorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar dasturiga hissa qo‘shish orqali mijozlarni yaxshiroq natijalarga erishishda dastaklash missiyasini aks ettiradi.

Asosiy jihatlar
- Investsiyani boshqarish boʻyicha shatnoma (IMA): Franklin Resources Inc. filiali hisoblangan Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise Limited Liability Company kompaniyasi UzNIF ishonchli boshqaruvchisi va menejeri etib tayinlandi.
- Portfel qiymati: UzNIFga 15 ta davlat korxonasidagi minoritar ulushlar berildi. Ularning qiymati taxminan 1.93 milliard AQSH dollariga baholanmoqda.
- Iqtisodiy islohot: Bu hamkorlik O‘zbekistonning asosiy davlat korxonalari salohiyatini yanada oshirish, xalqaro sarmoyalarni jalb etish va fond bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
- Global bosqich UzNIF O‘zbekistonning jadal iqtisodiy modernizatsiyasini jahon sarmoyaviy hamjamiyatiga namoyish etadigan noyob tashabbusdir.
- Tajriba va mahorat: Rivojlanayotgan bozorlarda qariyb 40 yillik tajribaga ega Templeton Global Investments kompaniyasi UzNIF portfel kompaniyalarini transformatsiya qilishda yaxshi pozitsiyaga ega.
- Kelajakdagi rejalar: Jamg‘arma Toshkent fond birjasi (TSE) va yetakchi xalqaro fond birjasi listingiga kiritilishi kutilmoqda, bu esa uning dunyo investorlari uchun ko‘rinishi va jozibadorligini oshiradi.
- Mahalliy faoliyat: TGI 2025-yil aprel oyida o‘zining global tarmog‘i tomonidan dastaklanadigan kuchli mahalliy jamoa bilan Toshkentda o‘z ofisini ochdi.
- Faoliyat tarixi: TGI ixtisoslashgan rivojlanayotgan bozor fondlarini boshqarish bo‘yicha mustahkam tarixga ega, jumladan, Fondul Proprietatea, London va Buxarestda ro‘yxatga olingan, eng yuqori bozor kapitallashuvi 3 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan Ruminiyaning yopiq fondi.
- Global qamrov TGI 70 milliard dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi, 19 mamlakatda vakolatxonalari va 100 dan ortiq investitsiya mutaxassislariga ega.