Fond birjalari

UzNIF tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy axborot va investorlar uchun muhim yangiliklardan xabardor bo‘lib boring. UzNIF ikki fond birjasida listingdan o‘tgan investitsiya jamg‘armasi hisoblanadi. Shu bois kompaniyaga oid muhim korporativ axborot London fond birjasi va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy axborot resurslari orqali ochiq va shaffof tarzda e’lon qilinadi. Fond birjalaridagi sahifalarimiz orqali UzNIF’ning rasmiy hujjatlari, narxga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim e’lonlari, qimmatli qog‘ozlar savdosiga doir xabarlari hamda boshqa rasmiy axborotlari bilan tanishishingiz mumkin. Har ikki platformada muhim axborot tezkor ravishda e’lon qilib boriladi. Bu esa barcha investorlarning muhim yangiliklar va kompaniya faoliyatidagi o‘zgarishlardan birdek xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.
 

Investorlar uchun taqdimotlar

Hisobotlar va tadbirlar taqvimi

Hisobotlar taqvimi:

Tadbir / Hisobot Rejalashtirilgan sana
2026-yil birinchi yarim yillik (H1) hisoboti e’lon qilinishi va investorlar uchun konferens-qo‘ng‘iroq

2026-yil 28-avgust

3-chorak (Q3) hisoboti e’lon qilinishi va konferens-qo‘ng‘iroq 2026-yil 30-noyabr
Moliyaviy yil bo‘yicha baholash yangilanishi 2027-yil 22-yanvar
2026-moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha dastlabki natijalarning e’lon qilinishi, konferens-qo‘ng‘iroq va taqdimot 2027-yil 26-fevral
Yillik hisobot e’lon qilinishi 2027-yil 30-aprel


Tadbirlar va konferensiyalar taqvimi:

Konferensiya O‘tkazilish joyi Sana
UzNIF Investorlar kuni Toshkent, O‘zbekiston 13–15-oktabr
Jefferies Global Emerging Markets Summit (GEMS) Dubay, BAA 23–24-noyabr
Wood's Winter Wonderland EMEA Conference Praga, Chexiya Respublikasi 1–4-dekabr

Investorlar bilan aloqalar

Qo‘shimcha ma’lumot yoki savollaringiz bo‘yicha Investorlar bilan aloqalar bo‘limimizga murojaat qilishingiz mumkin.