• Fondning maqsadi, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish va kapital bozorlarini rivojlantirish
  • 1,68 milliard AQSh dollari miqdoridagi jamg‘armaning ishonchli boshqaruvchisi va boshqaruvchisi Toshkentda yangi ofisini ochdi

2025-yil 1 May, Toshkent, O‘zbekiston Franklin Templeton’ning sho‘ba korxonasi bo‘lgan Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Milliy Investitsiya Fondi (“UzNIF” yoki “Fond”)ning ishonchli boshqaruvchisi sifatida o‘z faoliyatini boshlaganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Franklin Templeton joriy oyda Toshkent shahrida yangi ofisini ochdi, bu esa kompaniyaning O‘zbekistonga, uning islohotlar dasturiga hamda mahalliy kapital bozorlarini rivojlantirishga sodiqligini ifodalaydi.

Fondning asosiy maqsadlari iqtisodiy o‘sishni takomillashtirish va xalqaro investorlarni jalb etishdan iborat bo‘lib, ushbu maqsadlarga davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning samaradorligi, rentabelligi va korporativ boshqaruvini oshirish orqali erishiladi. Bundan tashqari, Fond uchun ustuvor vazifalardan biri – Fond’ni Toshkent fond birjasi (“TFB”) hamda nufuzli xalqaro fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazishdir.

Fond O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi qaroriga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan. Fond mamlakatdagi eng yirik 18 ta davlat ulushi mavjud korxonalarning 20 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan minoritar ulushlariga egalik qiladi. Fondning boshlang‘ich sof aktivlar qiymati 1,68 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Fond’ning 100 foiz ulushi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga tegishlidir.

“Fond’ni boshqarish bizga ishonib topshirilgani biz uchun sharafdir. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan rasmiy hamkorligimiz boshlangan ushbu bosqich O‘zbekistonda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga bo‘lgan sadoqatimizda muhim burilish bo‘lmoqda. Ushbu hamkorlik mamlakatning uzoq muddatli barqaror taraqqiyot va farovonlik sari intilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz davlat ulushi mavjud korxonalardan iborat portfelni boshqarish iqtisodiy qiymat bilan birga katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini anglaymiz. Bu milliy mulklar bo‘lib, Franklin Templeton ularni fidoyilik, ehtiyotkorlik va strategik qarashlar bilan boshqaradi”, – deb izohladi Templeton Global Investments kompaniyasining investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Manraj Sekhon

Franklin Templeton joriy oyda Toshkent shahrida yangi ofisini ochdi. Bu, o‘z navbatida, kompaniyaning O‘zbekistonga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga va mahalliy kapital bozorlarini rivojlantirishga bo‘lgan uzoq muddatli sadoqatini namoyon etadi.

“Franklin Templeton rivojlanayotgan va istiqbolli bozorlarda shunga o‘xshash investitsiya fondlarini boshqarishda o‘nlab yillik tajribaga ega. Bizning tajribamiz, global imkoniyatlarimiz va Hukumat bilan hamkorligimiz Fond orqali uzoq muddatli qiymat yaratish imkonini beradi, deb ishonamiz. Fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy ishtirokini chuqurlashtirish maqsadida Franklin Templeton Toshkent shahrida rasmiy ofis ochdi. Ushbu ofis investitsiya boshqaruvi, yuridik masalalar, muvofiqlik, operatsiyalar, investorlar bilan aloqalar va administratsiya yo‘nalishlaridagi mutaxassislar bilan ta’minlangan. Mahalliy investitsiya guruhi Templeton Global Investments’ning 17 mamlakatda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq mutaxassisdan iborat jamoasiga integratsiyalashgan tarzda ishlaydi”, deb qo‘shimcha qildi Manraj Sekhon

Templeton Global Investments’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Marius Dan Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise MCHJning bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

“Toshkent shahrida o‘z faoliyatimizni yo‘lga qo‘yayotganimizdan mamnunmiz. Mahalliy jamoani shakllantirish UzNIF salohiyatini to‘liq ochib berish uchun muhim omildir. Franklin Templeton O‘zbekistonga global kapital oqimini jalb etish va mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanish tarixini butun dunyo investorlariga namoyish etish imkoniyatidan ilhomlanmoqda”, deb ta’kidladi Marius Dan.

Franklin Templeton rivojlanayotgan va yangi paydo bo‘layotgan bozorlar sharoitida strategik investitsiya mandatlarini boshqarishda katta tajribaga ega. Jumladan, kompaniya Ruminiyaning xususiylashtirish va kapital bozorlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, Bukarest va London fond birjalarida ro‘yxatdan o‘tgan Fondul Proprietatea fondini boshqarib kelmoqda. Ushbu fond o‘z faoliyati davomida 3 milliard AQSH dollaridan ortiq bozor kapitallashuviga erishgan.

Fond rivojlanishining keyingi bosqichi – fond aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO)ga tayyorgarlik ko‘rish, xalqaro investorlar bilan yo‘naltirilgan uchrashuvlar va taqdimotlar o‘tkazish orqali ularni jalb etishdan iborat bo‘ladi. Buning asosiy maqsadi – O‘zbekiston xalqining manfaatlarini ko‘zlab, uzoq muddatli va barqaror rivojlanishni ta’minlashdir.

Batafsil ma’lumot uchun: http://www.uznif.com

-ENDS-

Bog’lanish uchun:

Hudson Sandler
Umarbek Zaribbaev

Tel: +998 99 663 39 08
Elektron manzil: [email protected]

Elena Birjovanu
Korporativ aloqalar bo‘yicha bosh menejeri
Franklin Templeton

Tel: + 40 725 301 189
Elektron manzil: [email protected]

Tahririyat uchun:

Franklin Templeton haqida

  1. Franklin Resources, Inc. [NYSE:BEN] — bu Franklin Templeton nomi ostida faoliyat yurituvchi sho‘ba tashkilotlari orqali 150 dan ortiq mamlakatdagi mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan global investitsiya boshqaruvi tashkilotidir. Franklin Templeton’ning missiyasi — investitsiya boshqaruvi, boylikni boshqarish va texnologik yechimlar orqali mijozlarga yuqori natijalarga erishishda ko‘maklashishdir. Kompaniya o‘zining mutaxassis investitsiya menejerlari orqali global miqyosda ixtisoslashgan xizmatlarni taklif etadi va bu yo‘nalishda obligatsiyalar, aksiyalar, muqobil aktivlar va ko‘p-aktivli yechimlar sohasida keng imkoniyatlarga ega. Kaliforniyada joylashgan ushbu kompaniya 75 yildan ortiq investitsiya tajribasiga, dunyo bo‘ylab asosiy moliyaviy markazlarda faoliyat yurituvchi ofislarga va 1 500 dan ortiq investitsiya mutaxassislariga ega. 2024-yil 31-mart holatiga ko‘ra, Franklin Templeton tomonidan boshqarilayotgan aktivlar umumiy qiymati 1,53 trillion AQSH dollaridan oshadi. Batafsil ma’lumot uchun: www.franklinresources.com
  2. Manba: 2025-yil aprel holatiga ko‘ra, KPMG va Deloitte tomonidan o‘tkazilgan mustaqil baholash hisobotlariga asoslangan.
  3. Manba: Franklin Templeton. 2011-yil 25-yanvardan 2024-yil 31-martgacha bo‘lgan davrda AQSH dollari hisobida umumiy aksiyadorlik daromadi 632,4%, mahalliy valyutada esa 983,2%ni tashkil etdi. 2023-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, Fondul Proprietatea jamg‘armasining sof aktivlar qiymati (Hidroelectrica IPO oldidan) 2,84 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan. Franklin Templeton Fondul Proprietatea aksiyadorlariga 7 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdorda dividendlar va aksiyalarni qayta sotib olish orqali to‘lovlar amalga oshirgan.

Fond haqida

O‘zbekiston Respublikasining Milliy Investitsiya Fondi Prezident qaroriga asosan 2024-yil 27-avgustda aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan. Franklin Templeton Resources Inc. kompaniyasining to‘liq mulkchilik huquqiga ega bo‘lgan bilvosita sho‘ba tashkiloti — Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise MChJ 2025-yil 26-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan tuzilgan Investitsiya boshqaruvi shartnomasiga muvofiq, Fondning ishonchli boshqaruvchisi etib tayinlangan. Fond o‘z faoliyatini to‘liq 2025-yil 16-aprelda boshlagan.

UzNIF O‘zbekistonning eng muhim davlat ulushi mavjud korxonalarida 20% dan 40% gacha strategik ulushlarga egalik qiladi. Dastlabki portfeli quyidagi 18 ta aksiyadorlik jamiyatidagi kam ulushli (minoritar) aksiyalardan iborat:

  1. AJ "Navoiazot"
  2. AJ "Regional Electric Grids"
  3. AJ "Thermal Power Plants"
  4. AJ "Uzbekistan Airports"
  5. AJ Commercial "People’s Bank"
  6. AJ "Uzbekhydroenergo"
  7. AJ Commercial Bank "Microcreditbank"
  8. AJ "Uzbektelecom"
  9. AJ Commercial Bank "Business Development Bank"
  10. AJ "Uzbekistan Airways"
  11. AJ "Temiryulinfratuzilma"
  12. AJ "Khududgaztaminot"
  13. AJ "Toshshahartranskhizmat"
  14. AJ "Uzbekistan Post"
  15. AJ "Uzbekistan National Electric Grids"
  16. AJ "Uzbekistan Republican Commodity and Raw Materials Exchange"
  17. AJ "Uzbekinvest"
  18. AJ "Uzsuvtaminot"

This document is intended to be of general interest only and does not constitute professional advice. Franklin Templeton and its management groups have exercised professional care and diligence in the collection and processing of the information in this document. Franklin Templeton makes no representations or warranties with respect to the accuracy of this document. Franklin Templeton shall not be liable to any user of this report or to any other person or entity for the inaccuracy of information contained in this press release or for any errors or omissions in its contents, regardless of the cause of such inaccuracy, error or omission.

Any research and analysis contained in this document has been procured by Franklin Templeton for its own purposes.

This material does not constitute investment advice or an invitation to apply for securities. Investors should seek professional financial advice and obtain a full explanation of any proposed investment before deciding to invest. Investments involve risks. The value of investments can go down as well as up, and investors may not get back the full amount invested. Not all products and services available in all jurisdictions.

Copyright © 2025 Franklin Templeton. All rights reserved.