Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 27-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya Jamg‘armasi (“UzNIF” yoki “Jamg‘arma”) 2025-yil 22 – 24-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘zining ilk Investorlar kunini o‘tkazdi. Tadbir doirasida dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan yangi bozorlar qatoriga kiruvchi O‘zbekistonning strategik tarmoqlaridagi investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi.

Uch kun davom etgan mazkur tadbirga mahalliy, mintaqaviy va xalqaro investitsiya jamg‘armalari, banklar hamda moliya institutlari vakillari qatnashdi. Investorlar kunida 67 dan ortiq mahalliy va xalqaro investitsiya kompaniyalaridan 200 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Ularning boshqaruvidagi jami aktivlar hajmi 1 trillion AQSh dollaridan oshadi. Tadbir Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning yirik moliyaviy markazlaridan ishtirokchilarni birlashtirdi hamda UzNIF tomonidan O‘zbekistonga jalb etilgan yirik xalqaro institutsional investorlarning kuchli qiziqishini namoyish etdi.

Investorlar kuni dasturi keng qamrovli bo‘lib, UzNIF portfeliga kiruvchi asosiy kompaniyalarga joyida tashriflar, makroiqtisodiy istiqbollar, energetika va bank sohasi kabi muhim mavzularga bag‘ishlangan panel muhokamalari, shuningdek, portfel kompaniyalari bilan yakka tartibdagi va guruh uchrashuvlarini o‘z ichiga oldi.

Tadbirning asosiy kunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri janob Jamshid Kuchkarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi janob Timur Ishmetovning ma’ruzasi va maxsus chiqishlari taqdim etildi.

“Franklin Templeton xalqaro investorlarga O‘zbekistonning salohiyatini taqdim etishdan faxrlanadi. 2017-yilda boshlangan islohotlardan buyon O‘zbekiston sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi va xalqaro investitsiyalar uchun ochiq mamlakatga aylandi. Yosh, ta’limli va tez o‘sib borayotgan aholining yangi xizmatlar hamda mahsulotlarni jadal qabul qilayotgani bu jarayonni yanada tezlashtirmoqda. Hukumat tomonidan yaratilgan rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlar va samarali biznesni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatlar yangi tarmoqlar o‘sishi hamda konchilik, infratuzilma, transport va energetika kabi an’anaviy sohalarning dinamik rivojlanishi uchun noyob imkoniyatlar yaratmoqda. Biz Toshkentda global investitsiya hamjamiyati bilan ochiq muloqot maydonini yaratishdan va O‘zbekistonning bugungi holati hamda kelajagini namoyish etishdan mamnunmiz”, - deb izohladi Templeton Global Investments (“TGI”) bosh investitsiya direktori Manraj Sekhon.

“O‘zbekiston dunyodagi eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylandi. UzNIF portfelidagi kompaniyalar mamlakatning asosiy iqtisodiy tarmoqlarini – kommunal xizmatlar, energetika, bank ishi, moliyaviy xizmatlar va transport sohalarini aks ettiradi. Jamg‘arma portfeli kompaniyalari bilan muloqot qilish O‘zbekiston iqtisodiyotiga bevosita nazar tashlash imkonini beradi. Shuningdek, biz O‘zbekistondagi boshqa xususiy va davlat korxonalarining ham tadbirda ishtirok etganini mamnuniyat bilan qarshi oldik. Ularning ishtiroki mamlakat taqdim etayotgan investitsiya imkoniyatlari haqida yanada to‘liq tasavvur hosil qilishga yordam beradi”, - deb ta’kidladi Templeton Global Investments (“TGI”) kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Marius Dan.

Aloqa uchun:

Hudson Sandler
Charlie Jack, Maria Shiryaevskaya, Alisher Makhsudov
Tel: +44 20 7796 4133
Tel: +998 91 409 97 79
Email: [email protected]
Elena Birjovanu
Korporativ aloqalar bo‘yicha menejer
Franklin Templeton
Tel: + 40 725 301 189
Email: [email protected]

Tahririyat uchun:

Franklin Templeton haqida

Franklin Resources, Inc. [NYSE: BEN] – bu Franklin Templeton nomi ostida faoliyat yurituvchi sho‘ba korxonalari orqali 150 dan ortiq mamlakatlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi global investitsiya boshqaruvi tashkilotidir. Franklin Templeton’ning asosiy maqsadi, investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha tajriba, boylikni boshqarish va texnologik yechimlar orqali mijozlarga eng yaxshi natijalarga erishishda yordam berishdir. Kompaniya o‘zining ixtisoslashgan investitsiya menejerlari orqali global miqyosda turli yo‘nalishlarda qarz majburiyatlari, aksiyalar, alternativ investitsiyalar va ko‘p aktivli yechimlar sohalarida chuqur mutaxassislikni taqdim etadi. 1 500 dan ortiq investitsiya mutaxassislari va dunyoning yetakchi moliyaviy markazlaridagi ofislari bilan Kaliforniyada joylashgan kompaniya 75 yildan ortiq investitsiya tajribasiga ega bo‘lib, 2025-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra boshqaruvidagi aktivlar hajmi 1,66 trillion AQSh dollaridan oshadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: www.franklinresources.com

UzNIF haqida

Jamg‘arma 2024-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etilgan.

Franklin Resources Inc. kompaniyasining to‘liq sho‘ba korxonasi hisoblangan, Toshkent shahrida joylashgan Franklin Templeton Asset Management Foreign Enterprise MChJ O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan imzolangan investitsiyalarni boshqarish to‘g‘risidagi bitim asosida UzNIF’ning ishonchli boshqaruvchisi va jamg‘arma menejeri (“Trustee”) etib tayinlangan. Jamg‘arma 2025-yil 1-maydan faoliyatini boshlagan bo‘lib, 2025-yil 11-avgustdan boshlab barcha boshqaruv vakolatlari rasmiy ravishda Trustee’ga o‘tkazilgan.

UzNIF mamlakatning eng muhim davlat korxonalarida 25 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan strategik ulushlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-sentabrdagi farmoniga muvofiq, UzNIF’ning yakuniy portfeli quyidagi 15 ta O‘zbekiston davlat korxonalaridagi minoritar ulushlardan iborat bo‘ladi:

  1. Aksiyadorlik jamiyati “Uzbekistan Airways” (O‘zbekiston Havo Yo‘llari)
  2. Aksiyadorlik jamiyati “Temiryulinfratuzilma” (Temiryo‘l infratuzilmasi kompaniyasi)
  3. Aksiyadorlik tijorat banki “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” (SQB)
  4. Aksiyadorlik jamiyati “Uzbekhydroenergo” (UzHydro)
  5. Aksiyadorlik jamiyati “Hududgaztaminot” (Hududiy gaz ta’minoti)
  6. Aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” (Uzbekistan National Electric Grid)
  7. Aksiyadorlik jamiyati “Uzbektelecom”
  8. Aksiyadorlik jamiyati “Hududiy Elektr Tarmoqlari” (Regional Electric Networks)
  9. Aksiyadorlik jamiyati “Issiqlik Elektr Stansiyalari” (Thermal Power Plants)
  10. Aksiyadorlik tijorat banki “Xalq Banki”
  11. Aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi” (UzEx)
  12. Aksiyadorlik jamiyati “Navoiyazot”
  13. Aksiyadorlik jamiyati “Uzbekinvest”
  14. Aksiyadorlik jamiyati “Toshshahartransxizmat” (Toshkent shahar transport xizmati)
  15. Aksiyadorlik jamiyati “Uzsuvtaminot” (O‘zbekiston suv ta’minoti kompaniyasi)

Ushbu hujjat umumiy ma’lumot maqsadida tayyorlangan bo‘lib, professional maslahat sifatida qabul qilinmasligi lozim. Franklin Templeton va uning boshqaruv guruhlari mazkur hujjatda keltirilgan ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashda professional ehtiyotkorlik va aniqlik tamoyillariga amal qilgan. Biroq Franklin Templeton ushbu hujjatda keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi bo‘yicha hech qanday kafolat bermaydi hamda mazkur press-relizda joy olgan ma’lumotlarning xatoligi, kamchiligi yoki aniqlik darajasiga bog‘liq holda hech bir foydalanuvchi yoki uchinchi shaxs oldida javobgar emas.

Mazkur hujjatda keltirilgan tadqiqot va tahlillar Franklin Templeton tomonidan o‘z ichki maqsadlari uchun tayyorlangan.

Ushbu material investitsiya bo‘yicha maslahat yoki qimmatli qog‘ozlarga ariza topshirishga taklif sifatida qabul qilinmasligi lozim. Materialni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita Qo‘shma Shtatlar hududida yoki qonun bilan taqiqlangan boshqa yurisdiksiyalarda e’lon qilish yoki tarqatish mumkin emas. Ushbu material Qo‘shma Shtatlarda sotuv uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar taklifi emas. Jamg‘arma Qo‘shma Shtatlar qonunchiligiga muvofiq 1933-yildagi Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunga (o‘zgartirishlar bilan) binoan qimmatli qog‘ozlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki Qo‘shma Shtatlarda jamoatchilikka ochiq taklif qilishni rejalashtirmagan.

Investorlar investitsiya qarorini qabul qilishdan avval malakali moliyaviy maslahat olishlari va taklif etilayotgan investitsiyaning to‘liq shart-sharoitlari bilan tanishib chiqishlari lozim. Har qanday investitsiya bilan bog‘liq risklar mavjud — investitsiyalar qiymati oshishi ham, pasayishi ham mumkin, va investorlar kiritilgan mablag‘ni to‘liq qaytarib olmasliklari ehtimoldan xoli emas. Barcha mahsulot va xizmatlar barcha yurisdiksiyalarda mavjud emas.

Copyright © 2025 Franklin Templeton. All rights reserved.