ESLATMA – MUHIM MA’LUMOT

Ushbu veb-sayt bo‘limida joylashtirilgan materiallar Qo‘shma Shtatlar, Avstraliya, Yaponiya, Kanada qonunchiligi yoki tartibga solish talablariga zid bo‘lgan boshqa biron-bir yurisdiksiyada, to‘liq yoki qisman, to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita tarzda ommaviy tarqatish, e’lon qilish yoki nashr etish uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu veb-saytning mazkur qismi orqali taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarga kirish tartibga soluvchi cheklovlarga bo‘ysunadi. Iltimos, ushbu ma’lumot bilan tanishishdan avval quyidagi shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va har safar ushbu cheklangan ma’lumotga kirishda ularni tasdiqlang. Sizning tasdiqlovingiz haqiqatga mos bo‘lishi shart.

Ushbu veb-sayt bo‘limida tilga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJning har qanday qimmatli qog‘ozlari (“Qimmatli qog‘ozlar”) 1933-yildagi AQSh Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonuni (“Qonun”) yoki Qo‘shma Shtatlar shtatlarining biron-bir tartibga soluvchi organida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Mazkur qimmatli qog‘ozlar Qo‘shma Shtatlar hududida yoki AQSh rezidentlariga taklif etilishi yoki sotilishi mumkin emas, faqat ro‘yxatdan o‘tkazish talablaridan ozod etilgan yoki Qonunning tegishli bandlariga to‘liq mos keluvchi bitimlar doirasida bunday imkoniyat mavjud.

Agar siz ushbu sahifadagi materiallar bilan tanishish huquqiga ega bo‘lmasangiz yoki bunga nisbatan shubhangiz bo‘lsa, iltimos, ushbu sahifani tark eting.

Men quyidagilarni tasdiqlayman:

  1. Men Qo‘shma Shtatlar, Avstraliya, Kanada va Yaponiya tashqarisidagi davlatda istiqomat qilaman va jismonan shu yerda joylashganman hamda AQSh rezidenti emasman (Qonunning S reglamenti 902(k)-qoidasi ta’rifiga binoan).
  2. Agar men Buyuk Britaniyada bo‘lsam, quyidagilardan biriman: (a) 2005-yilgi “Moliyaviy xizmatlar va bozorlar to‘g‘risidagi qonun” (Financial Services and Markets Act 2000)ga muvofiq “Moliyaviy targ‘ibot” to‘g‘risidagi buyruq (Financial Promotion Order 2005) 19(5)-moddasida belgilangan “investitsiya mutaxassisi” maqomiga ega shaxs, yoki (b) ushbu buyruqning 49(2)(a)–(e) moddalari bilan tasvirlangan shaxs, va (ii) 2017-yil 14-iyundagi Yevropa Parlamenti va Kengashining 2017/1129-sonli Nizomi (“Prospektlar to‘g‘risidagi nizom”) 2(e)-moddasiga binoan “malakali investor” hisoblanaman; ushbu nizom Buyuk Britaniya qonunchiligiga 2018-yilgi Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risidagi qonun (EUWA) asosida kiritilgan.
  3. Agar men Yevropa Iqtisodiy Hududida bo‘lsam, men Prospektlar to‘g‘risidagi nizomning 2(e)-moddasiga binoan malakali investor hisoblanaman.
  4. Agar men yuqorida sanab o‘tilmagan boshqa yurisdiksiyada, jumladan, O‘zbekistonda bo‘lsam, ushbu veb-sayt bo‘limidagi ma’lumot va hujjatlarga qonuniy asosda, hech qanday huquqiy cheklovlarsiz kirish vakolatiga egaman va “O‘zbekiston Respublikasi Milliy Investitsiya jamg‘armasi” AJ tomonidan qo‘shimcha ruxsat talab etilmaydi.
  5. Men ushbu veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotni Qo‘shma Shtatlar hududida keng ommaga mo‘ljallangan nashrlarga uzatmayman yoki yubormayman.
  6. Men yuqorida keltirilgan barcha cheklovlarni o‘qidim, tushundim va ularga rioya etishga roziman.

Qabul qilish          Rad etish